Bu haqda Dhaka Tribune gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mehmonxona egasi Shahinu Chakladar iste'foga chiqqan va mamlakatni tark etgan Bosh vazir Shayx Hasina tegishli bo'lgan “Avami ligasi” partiyasining ushbu tumandagi bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritadi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, shaharning turli nuqtalarida olomon Hasinaning iste'fosini nishonladi va “Avomi ligasi”ga qarshi shiorlar bilan chiqishdi. Bayram paytida Jabir mehmonxonasiga o't qo'yildi, olomon shuningdek, bir qancha mahalliy partiya yetakchilari va parlamentdagi partiya a'zosining uylariga o't qo'ydi va buzib tashladi, deb xabar beradi report.az.