Bangladeshda norozilik namoyishi paytida halok bo'lganlar soni 32 nafarga yetdi

    Bangladeshda davlat ishlari uchun kvota tizimiga qarshi namoyishlarda kamida 32 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Agence France-Presse Dakka shifoxonalaridagi shifokorlar ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

    Aniqlik kiritilishicha, tartibsizlik ishtirokchilarining aksariyati rezina o'qlardan olgan jarohatlari, besh kishi esa o'qotar quroldan olgan jarohatlari oqibatida halok bo'ldi, deb xabar beradi report.az.

    Avvalroq 16 kishi halok bo'lgani va 500 kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.