Bu haqda Agence France-Presse politsiya va shifokorlar ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, huquq-tartibot kuchlari va namoyishchilar o'rtasidagi to'qnashuv qurbonlari orasida politsiya xodimlari ham bor.

Bangladeshda komendantlik soati joriy etildi. Bangladesh Oliy sudi tomonidan ishga joylashtirish kvotalari bekor qilinishi haqidagi ariza ko'rib chiqilishi munosabati bilan 21-22-iyul kunlari dam olish kuni deb e'lon qilindi. Respublikadagi tartibsizliklar tufayli Bosh vazir Shayx Hasina Ispaniya va Braziliyaga tashrifini bekor qildi, deb xabar beradi report.az.

Avvalroq Bangladeshda o'tgan hafta davomida namoyishlar chog'ida kamida 115 kishi halok bo'lgani xabar qilingan edi.