Bangladeshdagi to'qnashuvlarda 100 dan ortiq talaba tan jarohati oldi

    Bangladeshda davlat ishlari uchun kvota tizimi tarafdorlari va muxoliflari o'rtasidagi to'qnashuvda 100 dan ortiq talaba jarohat oldi.

    Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

    Agentlikning bildirishicha, minglab odamlar ishtirok etgan to'qnashuvlar chog'ida odamlar bir-biriga tosh otgan, tayoq bilan urishgan.

    Bangladeshda, asosan, poytaxtda talabalar noroziliklari shu oy boshida Oliy sud Bangladeshning 1971-yildagi Mustaqillik urushida qatnashgan ozodlik kurashchilarining qarindoshlari uchun 30 foiz ish kvotalari tiklanishiga qaror qilganidan keyin boshlandi. Bangladesh sudi qarorni bir oyga to'xtatganiga qaramay, norozilik namoyishlari davom etdi. Bosh vazir Shayx Hasina ushbu toifadagi fuqarolar uchun ish kvotasiga qarshi chiqqanlarni qoraladi.

    14-iyul oqshomida norozilik namoyishlari yangi kuch bilan boshlandi va ularda Dakkadagi turli universitetlar talabalari ishtirok etdi, deb xabar beradi report.az.