Bank xodimi va sherigi firibgarlikda ayblanmoqda

    Sergeli tumanida fuqaroga ipoteka krediti ajratib berishi evaziga 61 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan firibgarlar aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

    Unda hududiy tijorat banki filiali yetakchi mutaxassisi M.T. va fuqaro Sh.A. fuqaro F.E.ga yangi qurilayotgan uylardan birini kredit evaziga xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratib berishlarini vaʼda qilib, oldindan boshlangʻich toʻlov sifatida fuqaroning 61 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.