Bank xodimlari fuqaroning plastigidan 50 millionga yaqin pulni "yechib" oldi

    Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro O.S. ariza bilan murojaat qilgan.

    Arizada “Humo” bank kartasida bo'lgan jami 48.640.550 so'm miqdoridagi pullar noma'lum shaxslar tomonidan yechib olinganligini bildirgan.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O.S. ismli fuqaroning bank kartasidan pullarni o'g'irlagan shaxslar “Agrobank” Oltinsoy tumani bo'limi xodimlari, Sho'rchi tumanida yashovchi, Q.Sh. va A.S. ekanligi aniqlandi.

    Ushbu fuqarolarga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borildi.