Banklar faoliyatiga davlat organlari aralashmaydi

    Moliya 12 May 2020 2352

    Buni Bosh prokuratura nazorat qiladi.

    Bu haqda “2020–2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida qayd etib o'tilgan.

    Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning, shu jumladan, kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bog'liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashish taqiqlansin, deyiladi farmonda.

    O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikning banklar faoliyatiga davlat organlarining ma'muriy aralashuviga yo'l qo'ymaslik qismi ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.