Banklarda xorijdan jalb qilingan 1 milliard dollar mablagʻ ishlatilmasdan turgani tanqid qilindi

    Yil yakunigacha bu mablagʻlardan toʻliq foydalanib, loyihalarni amalga oshirish topshirildi.

    Sohalar rivoji uchun Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasidan berilgan 650 million dollar arzon resurs, banklarda xorijdan jalb qilingan 1 milliard dollar mablagʻ ishlatilmasdan turgani koʻrsatib oʻtildi.

    Joriy yilda sanoat zonalari infratuzilmasi uchun 1,5 trillion soʻm mablagʻ ajratilgan. Buning hisobidan sanoat zonalaridagi 79 ta infratuzilma obyektlarini toʻliq foydalanishga topshirish vazifasi qoʻyildi.

    Hududlardagi yirik loyihalarni infratuzilmaga ulashni tezlashtirish maqsadida qiymati 200 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan loyihalar uchun infratuzilma qurib berish tartibini soddalashtirish zarurligi qayd etildi.