Bankomatdan salkam 400 million so'mni o'g'irlagan shaxslar qo'lga olindi

    Voqea Toshkent shahri Olmazor tumanida sodir bo'lgan.

    Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko'ra, bankomatdan salkam 400 million so'mni o'g'irlagan shaxslar hibsga olindi.

    Ma'lum qilinishicha, tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limiga sodir etilgan o'g'rilik haqida xabar kelib tushgan. Unga ko'ra, 9-oktyabrdan 10-oktyabrga o'tar tunda noma'lum shaxslar banlklardan birining bankomatini ochib, undan ichida 396 300 000 so'm bo'lgan 3 ta qutini olib ketgan.

    Ta'kidlanishicha, Toshkent shahar Ichki ishlari bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar — 25 yoshli A.A., 28 yoshli M.A., 26 yoshli U.A. va 25 yoshli M.M. qo'lga olingan.

    Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.