Joriy yilning 13-may kuni soat 01:05da Shayxontohur tumani Furqat koʻchasi 2-uyda joylashgan CHAKB “Ravnaq bank” Shayxontohur filialida xizmat olib borayotgan safdor D.I.Temirov tomonidan belgilangan hudud video kuzatuv kamerasi orqali nazorat qilinayotgan vaqtda, nomaʼlum shaxs bankomat chiroqlarini oʻchirib, simlarni uzayotganligi aniqlangan va zudlik bilan “tashvish” tugmasi bosilgan.
Kelib tushgan “tashvish” xabariga koʻra tezkorlik bilan THG xodimlari voqea joyiga yetib kelib, nomaʼlum shaxsni bankomat simlarini uzayotgan vaqtda qoʻlga olgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumandagi 2-sonli IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqida Shayxontohur tuman IIB xabar bermoqda.