Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel oyini oʻzida 365 ming aholi bandligi taʼminlangani va tadbirkorlikka jalb qilingani qayd etildi.
Banklar oʻz mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming aholiga ishli boʻlishga koʻmaklashdi.
Mahallalarda 70 mingta mikro-loyiha amalga oshirildi, 465 ming gektar tomorqa yerlariga ekin ekildi.
Davlatimiz rahbari “Sayxunobod” tajribasi doirasidagi ishlar hamma hududlarda ham birdek tashkil qilinmayotganini koʻrsatib oʻtdi.
Masalan, 7 ta tuman oʻrganilganda, 17 ta mahallada ishlar sustligi aniqlandi.
Yoki, ishga tushgani aytilgan 1 mingdan ziyod xonadondagi mikro-loyihalar joyida oʻrganilganda, 76 tasi yoki 7 foizi oʻz tasdigʻini topmadi.
Shu bois, sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar masʼullar ishdan olingan.