Barcha OTMlarda 24-yanvardan boshlab bir oy davomida taʼlim masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi

    Dolzarb 20 Yanvar 2022 911

    Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha,

    Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalishi yuqoriligini eʼtiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barcha taʼlim shakllari va turlari boʻyicha) joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

    Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn taʼlim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.

    Temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolish va 2022-yil 24-fevralga qadar avia va temiryoʻl chiptalarini bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.