Barcha raqamlaringizni bir joyda boshqaring!

    Endi UZTELECOM va MyGov hamkorligidagi yangi, bepul “Mening raqamlarim” xizmati orqali siz:

    • barcha mobil raqamlaringiz va uy internet ulanishlaringizni bir joyda koʻra olasiz;
    • tarif rejangiz va uning narxini bilib olasiz;
    • raqamingiz faol yoki yoʻqligini osongina tekshirishingiz mumkin.

    Endi ortiqcha izlanish yoki chalkashliklarga hojat yoʻq — hammasi oddiy, qulay va bepul!

    Shunchaki MyGov shaxsiy kabinetingizga kiring va nomingizga rasmiylashtirilgan barcha raqamlarni bilib oling.

    UZTELECOM — doimo Sizga yaqin boʻlgan operator!