Muloqot avvalida dunyoga mashhur ushbu kompaniyaning eng so'nggi rusumdagi mammografiya, magnit-rezonans tomografiya, komp`yuter tomografiyasi kabi tibbiy texnologiyalari imkoniyatlarini aks ettiruvchi taqdimot o'tkazildi.
Qayd etilganidek, mamlakatimiz sog'liqni saqlash tizimini transformatsiya qilishda bunday innovatsion diagnostika vositalariga ehtiyoj katta.
Masalan, ko'krak bezi saratoni Er yuzida bevaqt hayotdan ko'z yumish holatlarining eng keng tarqalgan ikkinchi omilidir. Bu kasallik ayollar o'limi sabablari orasida birinchi o'rinni egallaydi.
Shu bois BMT 2040-yilga kelib, ko'krak bezi saratonidan 2,5 million nafar ayolning hayotini saqlab qolishga doir global maqsadni ilgari surgan. Bu borada kasallikka erta va aniq tashxis qo'yish imkonini beradigan mammografiya texnologiyalarining ahamiyati katta.
Muloqot yakunida “FUJIFILM Healthcare Turkey” prezidenti bilan yurtimizdagi barcha tuman va shahar tibbiyot shifoxonalarini kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan statsionar mammograflar bilan ta'minlash yuzasidan kelishuvga erishildi.