Yirik korxonalarni soliqqa tortish Soliq qoʻmitasi tomonidan yuritilgani bilan ularning ayrim toʻlovlari mahalliy byudjetga tushadi. Lekin, yirik korxonalar soliq prognozini bajarmagani uchun mahalliy byudjet qoʻshimcha daromadlarsiz qolib ketayapti. Shu munosabat Soliq qoʻmitasiga yirik korxonalarning mahalliy byudjetga toʻlovlarini hisobga olish tartibini joriy qilish topshirildi.
Barcha vazirlar oʻz tizimida metodologiya, reglament va raqamlashtirishni yil yakunigacha tartibga keltirishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirildi. Vazirlar Mahkamasi 1-oktyabrgacha har bir vazirlikning tumandagi tashkilotlarida metodologiya, reglament va raqamlashtirish boʻyicha hisobotini qabul qilib olishi belgilandi.
Yigʻilish yakunida mutasaddilarning axboroti tinglandi.