Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Tashkent International University of Education oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga koʻra, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Tashkent International University of Education hamkorligida qoʻshma dasturlar ishlab chiqiladi. “Barkamol avlod” bolalar maktabi oʻquvchilari aynan shu dastur boʻyicha tayyorlanadi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Tashkent International University of Education hamkorligida ishlab chiqilgan qoʻshma dastur asosida oʻqishni yakunlagan hamda minimal talablarga javob beradigan oʻquvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri (imtihonsiz) Tashkent International University of Education ga qabul qilinadi.