“Baron-2” filmining yangi epizodlari suratga olinadi

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan, ammo pandemiya sabab toʻxtab qolgan Baron-2 filmining Rossiya-Suriya munosabatlariga bagʻishlangan qismini tasvirga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi.

    Bu haqda film rejissyori Rustam Sagdiyev shunday dedi:

    – Filmning Rossiya-Suriya munosabatlari haqidagi qismida harbiy jurnalistlar Anton Stepanenko va Yevgeniy Poddubniylarning jurnalist rolini ijro etishlari rejalashtirilgan. Ushbu qahramonlar orqali urush oʻchogʻida turib, harbiy harakatlar vaqtida roʻy berayotgan real voqealarni yoritgan jurnalistlarning mahorati koʻrsatib beriladi.

    Rossiyalik hamkorlarning taklifiga koʻra, rejissyor Rustam Sagdiyev ijodiy guruh bilan Moskvaga tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida rejissyor rossiyalik harbiy jurnalist Anton Stepanenko bilan uchrashdi.

    “Oʻzbekkino” bunday terroristik intervensiyani fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi kartinani suratga olishga qaror qilganidan xursandman. Film jamoasining axborotlarni ishonchli boʻlishiga eʼtibor qaratayotganligi, jurnalistlarning urush maydonidan turib efir uchun materiallar qanday tayyorlanishini tomoshabinga yetkazib berishga urinayotgani mamnun qildi. Agar pandemiya boʻlmaganida, film allaqachon yakunlangan va efirga ketgan boʻlardi. Hozir vaziyat ancha barqarorlashgan, yaqin kunlarda filmni suratga olish ishlari oʻz nihoyasiga yetadi" - deya izoh berdi Anton Stepanenko.

    Shuni aytish joyizki, Anton Stepanenko va Yevgeniy Poddubniy filmdagi harbiy harakatlar boʻyicha maslahatchi hamdir.

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati