Shuningdek shu yilning 18-19-sentyabr kunlari “Montfort Euratsia” kompaniyasi vakillari tomonidan kombinat matbuot xizmati xodimlari uchun “Kompaniyaning xalqaro axborot makonidagi taqdimoti” mavzusida seminar-treninglar oʻtkazildi.
Ushbu tadbirlar davomida manfaatdor tomonlar, jumladan, ommaviy axborot vositalari, moliya institutlari, davlat organlari va professional hamjamiyatning boshqa maqsadli guruhlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish mavzulari koʻrib chiqilib, kompaniyaning korporativ brendi bilan bogʻliq barqaror ijobiy assotsiatsiyalarni yaratish uchun turli vositalar taqdim etildi.
— Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bayroqdori hamda ulkan salohiyat va imkoniyatlarga ega boʻlishi bilan bir qatorda xalqaro axborot makonida yuksak eʼtibor va eʼtirofga ham loyiqdir. Bugungi kunda NKMK aksiyadorlik jamiyati sifatida jahon hamjamiyati oldida kompaniyaning barqaror imijini shakllantirish yoʻlida samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyishi maqsadga muvofiqdir, — deydi “Montfort Euratsia” kompaniyasining hududiy boʻlinmasi rahbari Eleonor Kramers.
Ikki kunlik tadbirlar doirasida ishtirokchilar munozaralarda turli mavzularni, jumladan, press-relizlar tayyorlash usullari ustida ishlash, intervyular oʻtkazish va inqirozli kommunikatsiyalarni boshqarishni interaktiv tarzda muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
“NKMK” AJ Matbuot xizmati.
Reklama