Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 32 yoshli germaniyalik yarim himoyachi erkin agent sifatida “Barselona” safiga kelib qo'shildi.
Gyundogan “Manchester Siti”ga Chempionlar ligasida g'alaba qozonish va treblni qo'lga kiritishga yordam berdi. Klub Premyer-liga va Angliya kubogi sovrini yo'lida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
O'tgan mavsumda Gyundogan Angliya Premyer-ligasida 31 o'yin o'tkazdi: uning hisobida 8 gol va 4 golli uzatma bor. Ilkay Chempionlar ligasida 12 ta o'yin o'tkazdi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumni “Manchester Siti”da sardor va jamoa yetakchilaridan biri sifatida o'tkazdi. Gyundogan nafaqat maydonning chuqur qismidan o'yinni boshqardi, balki hal qiluvchi o'yinlarda muhim gollarni ham kiritdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.