Navoiy shahri mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqada akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlaridan tashkil topgan 4 ta hudud: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Fargʻona va Jizzax viloyati terma jamoalari respublika chempionligi uchun kurash olib boradi.
Maʼlumot uchun, “Barkamol avlod” sport oʻyinlari respublika final bosqichida hozirgacha jami 8 ta musobaqa oʻtkazildi. Final bosqichi doirasida yana badminton, basketbol, belbogʻli kurash, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari boʻyicha jami 6 ta musobaqa boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, 12 ta sport turidan oʻtkaziluvchi ushbu musobaqalar yakunida 14 ta hududning toʻplagan ochkolari hisobiga koʻra umumjamoa hisobida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan hudud aniqlanadi.