Fargʻona tumanidagi “Vodil” chegara postida qoʻshni davlat vakillarini viloyat hokimining oʻrinbosari Fayzullo Qosimov va boshqa rasmiylar kutib oldilar.

Delegatsiya vakillari Fargʻona, Batken va Soʻgʻd viloyatlari ishbilarmonlari oʻrtasida “Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi xalqaro biznes-forumda ishtirok etishadi.

Fargʻona tumanidagi viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da uch viloyat rahbarlarining rasmiy uchrashuvi ham boʻlib oʻtadi.