Batumida sayyoh parashyutda uchish chog'ida halok bo'ldi

    Batumida (Gruziya) dengiz qirg'og'ida parashyutning tushib ketishi oqibatida bir sayyoh halok bo'ldi, yana biri jarohatlandi.

    Bu haqda Gruziya Ichki ishlar vazirligi xabarida aytiladi.

    Voqea bir kun oldin sodir bo'ldi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, qayiqqa bog'langan parashyutda quvaytlik er-xotin bo'lgan. 37 yoshli ayol voqea joyida vafot etdi, 39 yoshli erkak esa shifoxonaga yotqizildi, uning hayoti xavf ostida emas. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, parashyutning tushib ketishiga to'satdan esgan kuchli shamol sabab bo'ldi.

    Mazkur holat yuzasidan “Temir yo'l, suv yoki havo transporti harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi, deb xabar beradi report.az.