Qulagan uy xonadonining egasi va u yollagan ishchilarni ikki yildan besh yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

"Sud har uch ayblanuvchi uchun ham qamoqqa olish chorasini tanladi. Dastlabki sud majlisi 1 dekabrь soat 12:00 ga belgilangan", — deyiladi xabarda.

Аyblanuvchilarning advokati ularni garov evaziga ozod qilishni talab qildi, ammo sudьya uning talabini qondirmadi.

Qayd etilishicha, sudlanuvchilar 4-8 oktyabr kunlari binoning birinchi qavatida taʼmirlash ishlarini olib borgan. Ular devorlar, shu jumladan, yuk koʼtaruvchi devorlarni ham buzib tashladi. Bu esa uy barqarorligi buzilishi va uning qulashiga olib keldi.

Oqibatda toʼqqiz kishi halok boʼldi. Ularning uch nafari voyaga yetmagan bolalar. Bir kishining ahvoli ogʼirligicha qolmoqda.