Baxmal tumanida 39 gektar maydonda turizm klasterini tashkil qilish tashabbusi maʼqullandi

    Viloyatning boshqa tumanlarida ham savdo va servisni rivojlantirish uchun imkoniyatlar koʻp. Masalan, Baxmalga olib boradigan yoʻl taʼmirtalab boʻlgani uchun Zominga kelayotgan sayyohlar shu yerning oʻzidan qaytib ketyapti.

    Ushbu tumanlardagi togʻ hududlari yagona turizm halqasiga birlashtirilsa, Zominga kelayotgan sayyohlarning kamida yarmini Baxmalga jalb qilish mumkinligi taʼkidlandi. Yuzlab servis obyekti ishga tushadi, minglab odam ishli boʻladi, turizm eksporti karrasiga oshadi.

    Mutasaddilarga kelgusi yilda “Zomin – Baxmal – Gʻallaorol” yoʻlining 158 kilometr qismini taʼmirlashni boshlash topshirildi.

    Baxmal tumanida 39 gektar maydonda 40 million dollar investitsiya hisobiga turizm klasterini tashkil qilish tashabbusi maʼqullandi.

    Umuman, Baxmalga ham “turizm tumani” maqomi berilishi belgilandi.