Shu yilning 19-iyul kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida Baxtiyor Qudratullayev va uning oʻgʻillariga ham sud hukmi oʻqildi.

Sud hukmi bilan Baxtiyor Qudratullayevning oʻgʻli Ixtiyor Qudratullayevga 9-yil, ikkinchi oʻgʻli Bekzod Zafarovga 11-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud hukmi bilan "Baxti Tashkentskiy" ning akasi Shuhrat Qudratullayevga ham 10-yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va oʻta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.