TIV maʼlumotiga koʻra, uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston va Afgʻoniston aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, ishlatilmagan salohiyatni roʻyobga chiqarish, ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan yangi loyihalar ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.
Abdul Gʻaffor Teraviy Oʻzbekiston tomoniga doimiy ravishda koʻrsatilayotgan koʻmak uchun Afgʻoniston nomidan minnatdorlik bildirdi.