Uchrashuvda, siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha umumiy qarashlarimizni chuqurlashtirish kabi muhim yoʻnalishlar muhokama qilindi.
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan Oʻzbekiston-AQSH munosabatlarining hozirgi holati va istiqboldagi yoʻnalishlari boʻyicha har tomonlama fikr almashishdan mamnunmiz. AQSHning Oʻzbekistondagi islohotlar jarayonlarini izchil qoʻllab-quvvatlayotganini yuqori baholaymiz. Strategik sheriklik doirasidagi yuqori darajadagi muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirish orqali ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldik“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.