U Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida umumiy muhokama chogʻida ushbu fikrlarni oldinga surgan.
“Biz dunyoning koʻp nuqtalarida notinchliklar kuchayib borayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Iqlim oʻzgarishi, kambagʻallik, texnologik nomutanosiblik kabi dolzarb muammolarni hal qilishda barchani yaqinroq global hamkorlikka chaqiramiz. Barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda faol ishtirok etish bizning asosiy ustuvor vazifalarimiz boʻlib qoladi”, – deydi Saidov.
U, shuningdek, yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston taklif qilayotgan ayrim takliflar haqida toʻxtaldi.
Jumladan:
- rivojlanayotgan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro moliya tizimini isloh qilish;
- barcha uchun xavfsiz, foydalanish mumkin boʻlgan raqamli texnologiyalar bilan taʼminlash;
- iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha xalqaro hamkorlikni, ayniqsa Markaziy Osiyoning zaif mintaqalarida kuchaytirish;
- ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish;
- terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurashishda harakatlarimizni birlashtirish;
- Markaziy Osiyo va undan tashqarida transport koridorlari va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;
- Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolari uchun oʻquv markazini Global oʻquv markaziga aylantirish.