баннер
1 Apr 2025
09:24

    Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili bilan uchrashdi

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas xonim bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    “Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi“ ilk sammiti xalqlarimiz farovonligi yoʻlida samarali aloqalarni mustahkamlashi va yangi imkoniyatlarga yoʻl ochishini alohida taʼkidladik“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech