баннер
27 Apr 2025
03:40

    Baxtiyor Saidov Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

    Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha jihatlari, Davlat Rahbarlari oʻrtasidagi kelishuvlarning oʻz vaqtida bajarilishi va kelgusi tadbirlar jadvali muhokama qilindi.

    “Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar yuqori dinamikada rivojlanayotganini taʼkidladik. Davlatlarimiz boy tarixiy merosga ega, munosabatlarimizdagi taraqqiyot jadal, kelajagimiz yanada istiqbolli“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech