Baxtiyor Saidov Hamdoʻstlik Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 13 Aprel 2023 1357

    Oʻzbekiston TIV rahbari Samarqandda Hamdoʻstlik Bosh kotibi bilan 14-aprel kuni boʻlib oʻtadigan MDH TIVK majlisiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.

    Bugun ertalab Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi.

    “MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev Janobi Oliylari bilan muloqot chogʻida boʻlajak tadbir kun tartibi hamda Oʻzbekistonning Hamdoʻstlik doirasidagi jadal hamkorligi masalalarini koʻrib chiqdik”, deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining Twitterdagi sahifasida.

    Eslatib oʻtamiz, ertaga Samarqand shahrida MDH TIVKning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi. Unda ishtirokchilar xalqaro kun tartibi va MDH formatidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar, deb xabar beradi “Dunyo” AA.