Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.
— Bugun Moskva shahrida lik hamkasblarimiz bilan birgalikda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishini oʻtkazdik. Ertangi MDH sammitiga yakuniy tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qildik. Hamdoʻstlikning barcha mamlakatlari bir-birini birlashtiruvchi mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladigan uzoq yillik tarixiy aloqalarga ega. Shunday boʻlsada, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy hamkorlikni oshirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni koʻrib turibmiz, — deydi Baxtiyor Saidov.
Yigʻilishda transport sohalarining bogʻliqligini mustahkamlash, savdo uchun eng qulay muhitni yaratish, dunyo boʻylab kuchayib borayotgan mojarolarni hal qilish, tinchlik va farovonlik uchun kuchlarni birlashtirish hamda mintaqaviy va global miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi, — deyiladi xabarda.