Baxtiyor Saidov nega “Katta yettilik” mamlakatlari elchilari bilan uchrashdi?

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining telegram kanalida “Katta yettilik” mamlakatlarining elchilari bilan uchrashganini maʼlum qildi.

    Uchrashuvda, jumladan, Jonatan Xenik janoblari (AQSH), Timoti Smart janoblari (Buyuk Britaniya), Oreliya Bushez xonim (Fransiya), Tilo Klinner janoblari (Germaniya), Agostino Pinna janoblari (Italiya), Alan Xemson janoblari (Kanada), Takashi Xatori janoblari (Yaponiya) hamda Sharlotta Adrian xonim (Yevropa Ittifoqi) ishtirok etgan.

    Vazir elchilar bilan uchrashuvidan koʻzlangan maqsadlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

    “Savdo toʻsiqlarini bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish va taʼminot zanjirlarini yaratish, kooperatsiya loyihalariga investitsiya jalb etish va boshqa masalalar yuzasidan umumiy saʼy-harakatlarimizni birlashtirish muhim ahamiyatga ega”, – deydi u.