Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Uchrashuvda ikki va koʻp tomonlama shakllardagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
— Janob Elchining Oʻzbekiston va Niderlandiya aloqalarini koʻp jihatdan mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz. Mintaqalarimiz oʻrtasida yaqin hamkorlik oʻrnatish uchun koʻplab imkoniyatlar mavjud, — deydi Baxtiyor Saidov.