Muloqotda Oʻzbekiston – Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalarda izchil rivojlanayotganiga eʼtibor qaratildi.
Kun tartibi oliy va yuqori darajadagi almashinuvlar, ikki va koʻp tomonlama tadbirlar, jumladan, IHT vazirlar yigʻilishi kabi tadbirlar bilan boy. Shuningdek, Isroil-Eron mojarosining keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan mintaqaviy vaziyat haqida fikr almashib, tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini taʼkidladik, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.








