Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat muhokama etildi.

Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish va iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish muhimligi taʼkidlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

B.Bhutto-Zardoriy Oʻzbekiston tomonini Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga muvaffaqiyatli raislik qilgani bilan tabrikladi.