Baxtiyor Saidov Tbilisida Gruziya taʼlim, fan va yoshlar vaziri bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 10 Iyul 2025 1405

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziya taʼlim, fan va yoshlar vaziri Givi Mikanadze bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda taʼlim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, yoshlar bilan ishlash, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish va ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.

    Shuningdek, universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida institutsional hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

    Yoshlar va taʼlim — Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi kelajakka yoʻnaltirilgan, innovatsion va inson salohiyatini oshirishga qaratilgan munosabatlarning asosiy ustunlaridan biridir, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.