Uchrashuvda Tashqi ishlar vaziri Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Janobi Oliylariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlari va maktubini yetkazdi.

“Rahbarlarimiz oʻrtasida oʻrnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik qilish uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda. Ming yillik tarix, anʼana va urf-odatlar bilan bogʻliq boʻlgan xalqlarimiz farovon kelajakni barpo etish yoʻlida bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.