баннер
2 Mar 2025
19:12

    Oʻzbekiston va Turkmaniston TIV oʻrtasida ikki muhim hujjat imzolandi

    Shu yilning 27-yanvar kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan Tashqi ishlar vazirligida uchrashdi.

    Uchrashuvda ikki qardosh xalqlar oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarini ijobiy yoʻnalishining doimiyligini taʼminlashda mustahkam va uzoq muddatli poydevor yaratgani muhokama qilindi.

    Shuningdek uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025-2026-yillarga moʻljallangan qoʻshma hamkorlik dasturini va shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish va takomillashtirish toʻgʻrisida Protokol imzolandi.

    “Bugungi muhokamalarda hamkorligimizning hech bir jihatini eʼtibordan chetda qoldirmagan holda barcha yoʻnalishlarni qamrab oldik. 2025-yil kun tartibimiz barcha darajalar va sohalarda rejalashtirilgan qator intensiv almashinuvlarga boy. Doʻstlarimizni Turkmaniston tashabbusi bilan qabul qilingan Xalqaro tinchlik va ishonch yilining boshlanishi bilan tabriklaymiz“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech