Baxtiyor Saidov Xitoy Elchisini qabul qildi

    Xalqaro hamkorlik 4 Yanvar 2023 1941

    2023-yil 4-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

    Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni turli sohalarda yanada mustahkamlash, jumladan, XXR Raisi Si Szinpinning 2022-yil sentyabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

    Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

    BMT, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

    Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama etildi.

    Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.