Uchrashuvda TIV rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Janobi Oliylariga yetkazdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Tashqi ishlar vazirlari bilan birgalikda savdo, transport aloqalari va madaniy almashinuvlarni oʻz ichiga olgan barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yoʻllari muhokama qilindi.
Biz SHHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash, umumiy farovonlikni taʼminlash, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga koʻmaklashish borasida birgalikda harakat qilishimizni yana bir bor taʼkidladik, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.







