“Biz bugun mamlakat shtatlari orasida poyezd, samolyot va avtobuslarda harakatlanish paytida niqob taqib yurish muddatini choʻzish choralarini koʻryapmiz. Shuningdek COVID-19ning yangi shtammi paydo boʻlishi tufayli AQSHga havo yoʻllari orqali xorijdan kirib kelayotganlar uchun yangi tartib joriy etdik. Unga koʻra, AQSH hududiga kirib kelgan har bir kishi niqob taqishidan tashqari yana samolyotga chiqmasdan turib yangi koronavirusga test ham topshiradi. Shuningdek, mamlakatga kirib kelgandan boshlab karantinga ketadi”, — deb eʼlon qildi Vashington maʼmuriyati rahbari Oq uydagi chiqishida.
U AQSHga xorijdan kirib kelganlar uchun karantin muddati qancha vaqt davom etishiga aniqlik kiritmadi. Shuningdek, Bayden yangi tartib qachondan kuchga kirishini ham maʼlum qilmadi, deb xabar beradi TASS.