Bu fikrni AQSh Prezidenti Jo Bayden Atlantada (Jorjiya shtati) davlat rahbari lavozimiga nomzod Donald Tramp bilan bu yilgi saylovoldi birinchi teledebatida so'zlagan nutqida bildirdi.
“U (Tramp) atrof-muhit uchun zarracha ish qilgani yo'q. U iqlim bo'yicha Parij kelishuvidan chiqdi. Men darhol unga qo'shildim, boisi agar Yerning istalgan nuqtasida harorat Selsiy bo'yicha 1,5 darajaga ko'tarilsa, u yerga qaytib keladi. Insoniyat uchun yagona ekzistensial tahdid iqlim o'zgarishidir va u men qilgan hamma narsani bekor qilmoqchi.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo'lib o'tadi. To'rt yil oldin bo'lgani kabi kurash asosan mana shu ikki nomzod o'rtasida kechadi. O'shanda saylovda Bayden qayta saylanishga intilgan Trampni mag'lub etgan edi, deb xabar beradi report.az.