“Bugun men o'g'lim Xanterni afv etish to'g'risidagi hujjatni imzoladim”, dedi Amerika rahbari yakshanba kuni Oq uy matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan bayonotda. “Men lavozimdagi birinchi kunimdanoq AQSh Adliya vazirligi qarorlariga aralashmasligimni aytdim. Va men o'g'limning adolatsiz ta'qib qilinishini kuzatganimda ham, o'z so'zimda turdim. “Uning ishlari bo'yicha ayblovlar Kongressdagi bir qancha siyosiy raqiblarim menga hujum qilish va saylanishimga qarshi chiqish uchun vosita sifatida kiritildi”, deb hisoblaydi Amerika rahbari.
Bayonotda aytilishicha, gap Delaver va Kaliforniya shtatlarida sud jarayonlari haqida ketmoqda. Delaverda Xanter Bayden o'qotar qurollarga egalik qilganlikda ayblangan. U aybdor deb topildi. Kaliforniyada Amerika yetakchisining o'g'li soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlik bilan bog'liq aybini tan oldi.
Oq uy avvalroq Bayden o'g'lini afv etish niyatida emasligini bir necha bor ta'kidlagan, deb xabar beradi tass.ru.