Bayden prezidentlik muddati tugaguniga qadar G'azoda o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishish mumkinligini aytdi

    AQSh Prezidenti Jo Bayden blokadadagi G'azo sektorida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga hali prezidentlik muddati tugaguniga qadar erishilishi mumkinligini aytdi.

    “Ha, bu hali ham mumkin”, dedi Bayden CBS telekanaliga bergan interv`yusida, jurnalistning muddati tugashidan oldin G'azoda o't ochishni to'xtatish mumkinmi degan savoliga javob berar ekan.

    Amerika rahbarining fikricha, “uning BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qo'llab-quvvatlangan rejasi hali ham muhim ahamiyatga ega”.

    Baydenning aytishicha, uning jamoasi “vaziyat mintaqaviy urushga aylanmasligi” uchun harakat qilmoqda.

    Bayden 31-may kuni uch bosqichli o't ochishni to'xtatish rejasini e'lon qildi va u Isroil taklifi ekanini ta'kidladi. Xulosa qilib aytganda, bu reja Isroilning butun G'azodan chiqib ketishi, garovga olingan va qo'lga olinganlarning o'zaro ozod etilishi, ko'chirilgan falastinliklarning G'azoga qaytishi, insonparvarlik yordamlarining uzluksiz va yetarli darajada yetkazilishi, G'azoni qayta qurish kabilardan iborat edi.

    Keyinchalik Netanyaxu mahbuslarni almashish bo'yicha muzokaralar bo'yicha yangi shartlarni ilgari surdi. Bu shartlar orasida “janubdan shimolga qurollangan falastinliklarning qaytishiga yo'l qo'ymaslik va Isroil armiyasini G'azo sektori va Misr o'rtasidagi chegaradagi Filadelfiya koridorida ushlab turish”ni o'z ichiga oladi.

    8-avgust kuni e'lon qilingan qo'shma bayonotda AQSh, Misr va Qatar Isroil va HAMASni 15 avgust kuni G'azoda o't ochishni to'xtatish va mahbuslar almashinuvi bo'yicha Qohira yoki Dohada muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi, deb xabar beradi aa.com.tr.