Umumiy maydoni 7 gektarni tashkil etadigan mazkur korxonada yiliga 450 ming kub qurilish mollari (gazobeton va boshqa qurilish materiallar) ishlab chiqarish moʻljallangan boʻlib, korxonaning umumiy loyiha qiymati 28 mln 600 ming dollarni tashkil etadi.

Germaniya va Turkiya davlatlaridan keltirilgan zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan korxonada 150 nafar mahalliy aholi va yoshlar doimiy ish bilan taʼminlanadi.

Korxonaning ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.