Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmatlari maʼlum qildi.
Xususan, bayram kunlari:
➖ Elektr stansiyalar, neft va gaz obyektlarining shtat rejimida ishlashi taʼminlanadi;
➖Elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tunu-kun ishlaydigan 227 ta navbatchilik brigadalari tashkil etilib, barcha zaruriy texnika va materiallar bilan taʼminlandi;
➖Xuddi shuningdek, isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida tunu-kun ishlaydigan 244 ta navbatchilik brigadalar tashkil etilib, barcha zaruriy texnika va materiallar bilan taʼminlandi;
➖Bayram tadbirlari boʻlib oʻtadigan joylardagi elektr va gaz taʼminotining uzluksizligi nazoratga olindi;
Isteʼmolchilar elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegramʼdagi (@HET_admin) adminstratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 11-04 qisqa raqami yoki Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi guruhga murojaat qilishi mumkin.