Bayram kunlari Toshkent shahrida harakatlanadigan avtobuslar jadvali eʼlon qilindi

    Jadvalga koʻra, dam olish kunlari avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

    Navroʻz bayramini nishonlash maqsadida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlari faoliyati koʻrsatadigan jadval tasdiqlandi.

    Unga koʻra:

    2024-yil 21-mart, payshanba - “Navroʻz” bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

    2024-yil 22-mart, juma - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

    2024-yil 23-mart, shanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

    2024-yil 24-mart, yakshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.