Bayram munosabati bilan pensiya toʻlovlari oldindan yuklab beriladi

    Moliya 30 Avgust 2022 1632

    Pensiya va nafaqa toʻlovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2022-yil 1-sentyabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 1-4-sentyabr kunlari dam olish kuni deb belgilangan.

    Yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash va Mustaqillik bayramini koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqa toʻlov qaydnomalarini avgust oyida shakllantiradi hamda pensiya va nafaqa toʻlovlarini boshlash uchun yetarli mablagʻlarni 2022-yil 1-sentyabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beradi.

    Pensiya va nafaqa toʻlovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2022-yil 1-sentyabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi.

    Pensiya va nafaqa toʻlovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5-sentyabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida toʻlovlar boshlanishi maʼlum qilindi.