19 – 25-mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qo‘shimcha yo‘lovchi o‘rini yaratiladi:

Qo‘shimcha "Afrosiyob" reyslari:

19 – 21-mart kunlari (6 ta reys)

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida;

19, 20, 21, 22, 23 va 25-mart kunlari

Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, 19 – 25-mart kunlari quyidagi yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan qo‘shimcha vagonlar ulanadi:

“Toshkent – Xiva – Toshkent”

“Toshkent – Shovot – Toshkent”

“Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”

“Toshkent – Termiz – Toshkent”

“Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq)

Qo‘shimcha ulanadigan vagonlar orqali 21 500 nafar yo‘lovchi tashiladi.

Chiptalarni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin.